FOTOREPORTAJ
Nukus shahridagi 1-sport maktabida sog‘lomlashtirish tadbiri o‘tkazildi.
Davlatimiz rahbarining 2021 yil 16 iyundagi “Aholining jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash tizimini joriy etishning tashkiliy chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida tashkil etilgan sport bellashuvida shahardagi barcha mahallalardan 30 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan, jami 200 nafardan ziyod erkak va ayol ishtirok etdi.
Tadbir Qoraqalpog‘iston Respublikasi sport vazirligi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, O‘zbekiston Mahallalar uyushmasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi hamkorligida tashkil etildi.
Ishtirokchilar belgilangan masofaga yugurish, turgan joyidan uzunlikka sakrash, tennis to‘pini uloqtirish, gimnastika o‘rindig‘idan oyoq tizzalarini bukmay oldinga egilish, basketbol to‘riga to‘pni tushirish kabi bir nechta shartlarni bajardi.
G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi.
Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA