Ko‘ksaroy qarorgohida Prezident Shavkat Mirziyoyevning Parij Olimpiadasida ishtirok etgan sportchilar, ularning ota-onalari va murabbiylari bilan uchrashuvi davom etmoqda.
–Esingizda bo‘lsa, biz Tokio olimpiadasidan so‘ng keyingi safar, albatta, jahonda kuchli o‘n beshtalikka kiramiz, deb niyat qilgan edik.
Lekin faqat niyatning o‘zi bilan cheklanmasdan, avvalo, bu masalaga bo‘lgan qarashimizni o‘zgartirib, uch yil davomida qattiq va tinimsiz mehnat qildik, sportchilarimiz uchun barcha sharoitlarni yaratib, ana shunday yuksak marralarni zabt etdik, – dedi Prezident nutqining davomida.
To‘rt yilda bir marta o‘tadigan bunday yirik xalqaro musobaqada dunyodagi har bir mamlakatning sport sohasiga berayotgan e’tibori, millat va xalqning jismoniy va ma’naviy salohiyati yaqqol namoyon bo‘ladi.
Bunday ulkan arenada eng kuchli va mohir atletlar, zo‘rlarning zo‘ri ishtirok etadi.
O‘zA