O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

Mamlakatimiz yoshlari xalqimizning mehnatsevarlik, bilim va ma’rifatga intilish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, bag‘rikenglik kabi olijanob fazilatlarini o‘zida mujassam etib, Vatan manfaatlarini himoya qilishga qodir bo‘lgan barkamol avlod sifatida jamiyatimizda munosib o‘rin egallamoqda.

O‘zbek xalqining ulkan salohiyati bugungi kunda hal qiluvchi kuch bo‘lib hayotga kirayotgan, zamonaviy bilim va kasb-hunar sirlarini puxta egallagan, azmu shijoatli, navqiron yosh avlodimiz timsolida yaqqol namoyon bo‘lmoqda.

Yurtimizning ishlab chiqarish, ilm-fan, ta’lim-tarbiya, tibbiyot, madaniyat, adabiyot, san’at, sport va boshqa sohalarida jonbozlik ko‘rsatib, mamlakatimiz ravnaqiga, uning jahon miqyosidagi obro‘-e’tiborini yuksaltirishga munosib hissa qo‘shayotgan vatanparvar va fidoyi yoshlarimizning ezgu intilishlarini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish maqsadida quyidagilar davlatimizning orden va medallari bilan mukofotlansin:

 

«Do‘stlik» ordeni bilan

Baratova Madina XasanovnaO‘zbekiston yoshlar ittifoqining Buxoro viloyati Kengashi raisi o‘rinbosari, «Kamalak» bolalar tashkiloti raisi
Sultonov Sarvarbek To‘lqinbek o‘g‘liO‘zbekiston yoshlar ittifoqining Sirdaryo viloyati Kengashi raisi o‘rinbosari, «Kamalak» bolalar tashkiloti raisi
Tadjiyev Odiljon PatixdjonovichO‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisining tadbirkorlikni rivojlantirish, yoshlarni ijtimoiy himoyalash va bandlikka ko‘maklashish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari
Tuxtayev Xusen MirzayevichO‘zbekiston yoshlar ittifoqining Samarqand davlat universitetidagi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi
Xodjayev Jamshid BaxtiyorovichO‘zbekiston yoshlar ittifoqining Navoiy viloyati Kengashi raisi
Shukurov Elbek XabibullayevichO‘zbekiston yoshlar ittifoqining Toshkent shahar Kengashi raisi

 «Shuhrat» medali bilan

Abbasova Mehrinoz Nosirjon qiziO‘zbekiston yoshlar ittifoqining Markaziy Kengashi ta’sischiligidagi «Yosh ijodkorlar uyushmasi» nodavlat notijorat tashkiloti raisi
Abdurayimov Ergash ArifdjanovichO‘zbekiston yoshlar ittifoqining Toshkent viloyati Olmaliq shahar Kengashi raisi
Abduraximov Begzod Jo‘raboyevichO‘zbekiston yoshlar ittifoqining Jizzax viloyati Arnasoy tumani Kengashi raisi
Avezov Islombek IlxamovichXorazm viloyati Urganch shahridagi maishiy xizmat ko‘rsatish bo‘yicha xususiy tadbirkor
Azimov Farrux KaxramonovichO‘zbekiston yoshlar ittifoqining Toshkent temir yo‘l muhandislari institutidagi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi
Alijonov Murodjon Ibrogimjon o‘g‘liO‘zbekiston yoshlar ittifoqining Farg‘ona viloyati Kengashi qoshidagi «Yoshlar markazi»ning «Jasorat» klubi yetakchi mutaxassisi
Axunov Jamshid ShodiyevichO‘zbekiston yoshlar ittifoqining Samarqand viloyati Payariq tumani Kengashi raisi
G‘aybulloyev Abbos AsatovichO‘zbekiston yoshlar ittifoqining «G‘arbgazta’minot» unitar korxonasidagi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi
Jumamuratov Raxat TleumuratovichO‘zbekiston yoshlar ittifoqining Qoraqalpog‘iston Respublikasi Chimboy tumani Kengashi raisi
Zikriyayev Zokir MamirovichO‘zbekiston yoshlar ittifoqining Guliston davlat universitetidagi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi
Islamov Sherzod XalilovichO‘zbekiston yoshlar ittifoqining Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahar Kengashi raisi
Ismatzoda Rabbonai SamariddinSamarqand shahridagi «Rabbona-Ko‘zmunchoq-Tekstil» oilaviy korxonasi rahbari
Qayumov Lazizjon BaxtiyorovichNavoiy davlat pedagogika instituti talabasi
Qodirov Bekzod Abduraxmonovich«O‘zbekiston metallurgiya kombinati» aksiyadorlik jamiyatining Kasaba uyushma qo‘mitasi ommaviy-tashkiliy ishlar bo‘yicha yo‘riqchisi
Qurbonov Ibratbek G‘ayrat o‘g‘liO‘zbekiston yoshlar ittifoqining Xorazm viloyati Xiva tumani Kengashi raisi
Kutfitdinov Islombek Ilxom o‘g‘liNamangan shahridagi «Imron tekstil group» xususiy korxonasi direktori
Matkarimov Matkarim SabirjonovichXorazm viloyati Urganch shahridagi «Davr tort» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari
Murodov Umid AbduvaliyevichToshkent viloyati Olmaliq shahridagi 23-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktorining o‘quv-tarbiyaviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari
Nematov Laziz AlisherovichBuxoro muhandislik-texnologiya institutining «Elektrotexnika va ishlab chiqarishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari» fakulteti dekani o‘rinbosari
Normurodova Gulnora IkromovnaO‘zbekiston yoshlar ittifoqining Jizzax viloyati Kengashi bo‘lim mudiri
Nusratullayev Abdulxay Shavkat o‘g‘liNavoiy viloyati Karmana tumanidagi «Yangi avlod tekstil» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari
Pattayev Xojiakbar Shokir o‘g‘liNamangan yoshlar markazining yosh jurnalistlar to‘garagi rahbari
Polvonov Sherzodjon FazlitdinovichO‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining boshlang‘ich tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi mudiri
Po‘latov Uchqunbek Ulug‘berdiyevichO‘zbekiston yoshlar ittifoqining Surxondaryo viloyati Sherobod tumani Kengashi qoshidagi «Yosh tadbirkor» konsultativ markazi koordinatori
Rasulov Doniyor Mamazokir o‘g‘liO‘zbekiston yoshlar ittifoqining «GM O‘zbekiston» aksiyadorlik jamiyatidagi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi
Rahmatov Elyor JumaboyevichToshkent davlat yuridik universiteti Moliya, bank va soliq huquqi kafedrasi o‘qituvchisi
Raxmonova Roxat MexmonovnaO‘zbekiston yoshlar ittifoqi Qashqadaryo viloyati Muborak tumani Kengashining ta’lim muassasalari bilan ishlash bo‘yicha bosh mutaxassisi, «Kamalak» bolalar tashkiloti raisi
Rustamova Dilraboxon AbduraximovnaAndijon davlat universiteti o‘qituvchisi
Utkirov Muxriddin BaxriddinovichO‘zbekiston yoshlar ittifoqi Qashqadaryo viloyati Nishon tumani Kengashining ta’lim muassasalari bilan ishlash bo‘yicha bosh mutaxassisi, «Kamalak» bolalar tashkiloti raisi
Shokirov Botirjon Shuxrat o‘g‘liO‘zbekiston yoshlar ittifoqining Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumani Kengashi raisi
Shrazov Anvar AsamatdinovichO‘zbekiston yoshlar ittifoqining Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi qoshidagi «Yoshlar markazi» tashkiliy-kadrlar bo‘limi mudiri

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti                                         Sh.MIRZIYOYEV

Toshkent shahri, 2017-yil 26-avgust