Rossiya Federatsiyasi Kamchatka mintaqasida 6,1 magnitudali zilzila yuz berdi. Bu haqda RF Fanlar akademiyasi Geofizika xizmati Kamchatka bo‘limi ma’lum qilgan.

– Yer qimirlashi hodisasi markazi Petropavlov-Kamchatdan 120 km masofada, 39 km chuqurlikda qayd etilgan, – deyilgan xabarda.

Rossiya matbuoti Elizov tumani va Vilyuchin shahri aholisi to‘rt ballgacha silkinish his qilganini yozdi.