Butunjahon boks ittifoqi (WBC) avgust oyi uchun yangilangan reytingni e’lon qildi. Unga ko‘ra, mamlakatimizning 10 nafar charm qo‘lqop ustalari ushbu reytingdan joy oldi.

Jumladan, birinchi o‘ta yengil vazn (47,6 kg.) toifasida ringga ko‘tarilayotgan hamyurtimiz Hasanboy Do‘smatov o‘tgan oydagidan bir pog‘ona yuqorilab, 4-o‘rindan joy oldi. Birinchi yarim yengil vaznda (55,3 kg.) jang qilayotgan Murodjon Ahmadaliyev 4-o‘rinda qolgan bo‘lsa, ushbu vazndagi yana bir bokschimiz Mirazizbek Mirzahalilov 28-o‘rinni band etdi.

Super og‘ir vazn toifasidagi bokschimiz Bahodir Jalolov yangilangan reytingda ikkinchi pog‘onaga ko‘tarilib, 6-o‘rinda e’tirof etildi. Super o‘rta vazn toifasida (76,2 kg.) Bektemir Meliqo‘ziyev o‘tgan oydagidan bir pog‘ona yuqorilab, 13-o‘ringa joylashdi. Super yarim o‘rta vazn toifasida (69,9 kg.) Isroil Madrimov uchinchi o‘rinda qayd etildi.

Yarim o‘rta vazndagi (66,6 kg.) janglarda muvaffaqiyatli ishtirok etayotgan Shahram G‘iyosov yettinchi, Jahongir Rasulov esa o‘ttizinchi o‘rinni egalladi. Yarim yengil vaznda (57,1 kg.) Otabek Xolmatov 18-o‘rinini yanada mustahkamlab oldi. Yengil vazn (50,82 kg.) toifasida Olimjon Nazarov 35-pog‘onadan o‘rin oldi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA