Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Qoraqalpog‘istonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan yig‘ilish davom etmoqda.
Ertaga respublikamizning barcha hududlaridan 300 ga yaqin eng ko‘zga ko‘ringan tadbirkor va investorlar Qoraqalpog‘istonda to‘planadi.
Bundan tashqari, xorijda biznesini yo‘lga qo‘ygan yana 40 dan ziyod vatandoshlarimiz kelib, Qoraqalpog‘iston sharoiti bilan tanishadi. Hududiy studiyalarda mingdan ortiq biznes vakillari ishtirok etadi.
Ushbu tadbirkorlar bilan aniq takliflar ishlab chiqish muhimligi qayd etildi. Mutasaddilarga boshqa hududlardan kelgan tadbirkorlar bilan ishlab, har bir tuman kesimida “Qoraqalpog‘istonda biznes qiling” dasturini ishlab chiqish topshirildi.
Bu dastur Qoraqalpog‘istonda sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmatlarni rivojlantirish uchun yangi nafas, kamida 10 milliard dollarlik investitsiya va 500 ming ish o‘rni uchun katta zamin bo‘ladi.
O‘zA