Qirg‘iz Respublikasi Cho‘lpon-Ota shahrida – Issiqko‘l sohilida yana bir mintaqaviy anjuman – Markaziy Osiyo mamlakatlari favqulodda vaziyatlar idoralari rahbarlari yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston delegatsiyalari, BMT agentliklari, xalqaro va nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari ishtirok etayotgan forumda tabiiy ofat xavfini kamaytirish va sohada mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash, umumiy harakatlarni muvofiqlashtirish, shuningdek “Senday” dasturini amalga oshirish masalalari muhokama qilinadi.

Ma’lumki, Markaziy Osiyo zilzila, ko‘chki, suv toshqini ko‘rinishidagi tabiiy ofatlarga nisbatan zaif mintaqa bo‘lib qolmoqda. Shu nuqtai nazardan samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish, axborot va tajriba almashishda mazkur tadbir muhim ahamiyat kasb etadi. Bu jarayonda aholi va hududlarni tabiiy, texnogen xususiyatga ega favqulodda vaziyatlardan himoya qilish borasidagi sa’y-harakatni kuchaytirishga qaratilgan sheriklikni yanada kuchaytirish zarur.

Tadbir yakuni bo‘yicha tegishli bayonnoma imzolanadi.

O‘zA