“Uzbekistan Airways” kompaniyasi tomonidan Malayziyada “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat” mavzusida biznes seminar tashkil etildi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasining ushbu mamlakatdagi elchixonasi va “Suka Travel & Tours” yetakchi mahalliy kompaniyasi ko‘magida bo‘lib o‘tdi.

Tadbir doirasida Malayziyaning 40 dan ortiq sayyohlik kompaniyasi vakillari ziyorat, tarixiy-madaniy, gastronomik turizm dasturlari, shuningdek, “Umra+” sayyohlik yo‘nalishlari bilan tanishdi.

Malayziya – Malakka yarim oroli va Kalimantan orolining bir qismini egallagan Janubi-Sharqiy Osiyodagi davlat. U o‘zining plyajlari, tropik o‘rmonlari hamda Malayziya, Xitoy, Hind va Yevropa an’analarini uyg‘unlashtirgan ajoyib madaniyati bilan shuhrat qozongan. Mamlakat poytaxti Kuala-Lumpur butun dunyoga Bukit-Bintang savdo tumaniga ko‘rk berib turgan kolonial binolar va osmono‘par imoratlar, jumladan balandligi 451 metr bo‘lgan “Petronas” egizak minoralari bilan mashhur.

Roman BONDARCHUK tayyorladi, O‘zA