Uzbekistan Airways aviakompaniyasi rahbariyati Nukus shahrida aviachiptalarni sotish bo‘yicha mahalliy tadbirkorlar, sayyohlik operatorlari va agentlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Tadbir biznes va xizmatlar sohasida hamkorlar bilan aloqalarni yaxshilash, ularning g‘oyalari, istak va takliflari bilan tanishish, ularni kelgusida amaliyotga tadbiq etish uchun o‘rganish imkonini berdi.
Uchrashuvda shuningdek, Uzbekistan Airways aviakompaniyasining yo‘lovchilar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasidagi ishlari to‘g‘risida axborot taqdim etildi.
Bunday uchrashuvlar respublikamizning boshqa viloyatlarida ham o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Bu tadbirkorlar va sayyohlik agentliklari xodimlari o‘rtasida qulay shart-sharoitlar yaratish va muammoli masalalar bo‘yicha o‘zaro manfaatli yechim topish imkonini beradi.
Roman BONDARCHUK tayyorladi, O‘zA