Mamlakatimizning yosh karatechilari Tokioda bo‘lib o‘tgan 3-ochiq jahon chempionatining jamoaviy bahslarida 2-o‘rinni egalladi.
Avgust oyining ilk kunlarida Yaponiya poytaxti Tokio shahrida zirhli karate bo‘yicha o‘tkazilgan 3-ochiq jahon chempionatida Toshkent shahar karate-do federatsiyasi bosh instruktori Rustam Bekmuratov va murabbiy Bosit Bekmuratov boshchiligidagi 41 nafar sportchi e’tiborli natijalarga erishdi.
15 ta mamlakatdan ming nafardan ortiq sportchi ishtirok etgan bahslar yakunida terma jamoamizning iqtidorli karatechilaridan Artur Kan, Mariya Chaykina, Diyorbek Risqiddinov, Mirjamol Mirzaahmedov, Rustam Bekmuratov kabi sportchi-yoshlar sovrindorlar qatoridan joy egalladi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA