Avval xabar berganimizdek, YUNESKO shafeligida shu yilning 25-30 avgust kunlari “Yer yuzining sayqali” deb nom olgan qadimiy va betakror Samarqandda “Sharq taronalari” XIII xalqaro musiqa festivali bo‘lib o‘tadi.

Ayni kunlarda festivalga keluvchi xorijiy mehmonlarni munosib kutib olish maqsadida Samarqand shahridagi bir nechta mehmonxonalarda tezkor shtablar tashkil etilib, mehmonlarni kutib olishga tayyorgarlik ishlari qizg‘in olib borilmoqda.

Ushbu tezkor shtabning asosiy vazifalari mehmonlarning xavfsizligi, salomatligi, tarjimon xizmatidan foydalanishi, festival dasturiga ko‘ra barcha tadbirlarga ishtirokini ta’minlash hamda mehmonlarning har bir murojaatiga tezkorlik bilan munosib javob berishdan iboratdir.

Shtab faoliyati Madaniyat vazirligi hamda Turizm qo‘mitasi hamkorligida muvofiqlashtiriladi.

N.Usmonova,  

O‘zA