2024 yil 6-8 avgust kunlari Ostona shahridagi Qozog‘iston Respublikasi Milliy muzeyida O‘zbekiston tasviriy va xalq amaliy san’ati ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.
Bu haqda Badiiy akademiya axborot xizmati xabar berdi.
Ko‘rgazmada O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasiga a’zo 24 nafar rassomning 70 ta asari namoyish etiladi.
Mazkur ko‘rgazma O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, “Hunarmand” uyushmasi hamkorligida O‘zbekiston Respublikasining Qozog‘iston Respublikasidagi elchixonasi ko‘magida tashkil qilinmoqda.
N.Usmonova, O‘zA