O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik sub’ektlarining barqarorlik reytingini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2024 yil 30 yanvardagi 55-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” qaror qabul qildi.
Mazkur qarorga muvofiq, Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik sub’ektlarining barqarorlik reytingini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2024 yil 30 yanvardagi 55-son qaroriga:
“Tadbirkorlarning barqarorlik reytingi” elektron platformasi bilan integratsiya qilinadigan axborot tizimlari tarkibini qayta ko‘rib chiqish;
tadbirkorlik sub’ektlarining EBITDA bo‘yicha rentabellik darajasini hisoblash talablarini yengillashtirish;
bir nafar xodimga to‘g‘ri keladigan ish haqi jamg‘armasini baholashda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar uchun alohida talablar belgilash;
elektron hisobvaraq-fakturalarni qonunchilikda belgilangan muddatlarda rasmiylashtirish holatini baholash tartibini qo‘shimchalar bilan to‘ldirish;
sohalar bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichlarni ro‘yxatdan o‘tish joyiga qarab, qo‘shilgan qiymat solig‘i va foyda solig‘i to‘lovchilar bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bo‘yicha alohida, aylanmadan olinadigan soliq to‘lovchilar bo‘yicha tumanlar (shaharlar) kesimida alohida hisoblash tartibini takomillashtirishni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladi.
O‘zA