O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining Tarmoqlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi daromadlarini shakllantirish va mablag‘laridan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” qaror qabul qildi.
Unga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining Tarmoqlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi daromadlarini shakllantirish va mablag‘laridan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Nizomda:
Jamg‘arma faoliyatini boshqarish va mablag‘larini shakllantirish tartibi;
amalga oshiriladigan to‘lovlar uchun talab etiladigan hujjatlar, ularni ko‘rib chiqish tartibi;
Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish yuzasidan hisobot yuritish, mablag‘lardan maqsadli foydalanishni nazorat qilish va javobgarlik tartibi belgilangan.
Ushbu Nizom Savdo-sanoat palatasi huzuridagi Tarmoqlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
Jamg‘arma yuridik shaxs hisoblanmaydi va uning mablag‘lari hisobi O‘zbekiston Respublikasi Iqdisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasida ochilgan yagona shaxsiy g‘azna hisobvarag‘ida yuritiladi hamda qonunchilikda belgilangan maqsad va yo‘nalishlarga sarflanadi.
O‘zA