Yig‘ilishda Qurilish inspeksiyasi faoliyatini jonlantirish zarurligi qayd etildi.

O‘tgan bir yarim yilda ekspertizasi yo‘q 2,2 ming ob’ekt qurilishiga asossiz ruxsat berilgan. O‘tgan yil ro‘yxatdan o‘tkazilmasdan qurilishi boshlangan 1,6 mingta ob’ekt aniqlangan.

Shu bois, ushbu inspeksiya Hukumat tarkibiga o‘tkazilishi va vakolatlari kengaytirilishi belgilandi.

Ruxsatsiz yoki loyihadan chetga chiqib qilinayotgan qurilishlar bo‘yicha jazo choralarini kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

Bunday holatlarni aniqlash uchun Qurilish inspeksiyasining texnik vositalar, shu jumladan, dronlardan foydalanish imkoniyatlari kengaytiriladi.

O‘zA