Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida yoshlar siyosatiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi hamda yoshlar bilan muloqot bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish yakunida Prezidentimiz yoshlarga ko‘maklashish, ularga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatish – eng xayrli ishligini ta’kidladi.

– Har biringiz hayotda munosib o‘rningizni topishingiz uchun, biz bundan keyin ham bor kuch va imkoniyatlarni to‘liq ishga solamiz, – dedi davlatimiz rahbari.

Mutasaddilarga “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da yoshlarning axloqiy, intellektual, ijodiy va jismoniy rivojlanishi uchun har bir loyiha va tashabbus so‘zsiz amalga oshirilishi muhimligi ko‘rsatib o‘tildi.

Yig‘ilish yakunida mutasaddi rahbarlarning axboroti tinglandi.

O‘zA