Prezident endilikda oliygohlarning tajriba ishlab chiqarish korxonalari maqomi qonun bilan mustahkamlanishini aytdi. Ularga IT-park rezidentlariga qo‘llanilayotgan imtiyozlar beriladi.
Sho‘’ba korxonasi ishchilarining kamida 60 foizi doktorant va talabalardan iborat bo‘ladi.
Kelgusi yildan texnika yo‘nalishidagi loyihalarga davlat grantlari 4 karra oshiriladi.
Korxonaga oliygoh bilan hamkor tashkilot ham ta’sischi bo‘lishiga ruxsat beriladi. Viloyat hokimlari va tarmoq rahbari ilmiy va ishlab chiqarish loyihalari uchun oliygohlarga 10 milliard so‘mgacha buyurtmani to‘g‘ridan-to‘g‘ri berishi mumkin bo‘ladi.
Investitsiya loyihalari qiymatining kamida yarim foizini ilmiy ishlarga ajratish tizimi joriy qilinadi.
O‘zA