IHT axborot agentliklari ittifoqi (UNA-OIC), Saudiya Axborot hamda Haj va Umra vazirliklari hamkorligida Makka shahrida 10-16 iyun kunlari Haj media forumi o‘tkazildi. Tadbirda 2000 dan ziyod ishtirokchi to‘plandi.
Anjumanda dunyoning turli davlatlaridan kelgan 1450 nafar media-mutaxassis Virtual media-markaz platformasi (VPC)dan foydalandi. Yuklangan fayllar soni 2920 dan oshdi, platformada 1005 dan ziyod yangilik chop etildi.
Forum qatnashchilari turli mahalliy va xalqaro ommaviy axborot vositalarining jonli va yozib olingan ko‘rsatuvlaridan bahramand bo‘lishdi.
Hamkasblarimiz uchun zarur bo‘lganda maxsus ajratilgan joyda to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiya vositalari, studiya va boshqa uskunalardan foydalanish imkoni yaratildi.
Muharrama Pirmatova,
O‘zA