Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi Taxiatosh va Qo‘ng‘irot tumani bo‘limlari tomonidan Ichki ishlar vazirligi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari muomalaga kiritilishining oldi olindi.
Jumladan “N-F.” hamda “D.” mas’uliyati cheklangan jamiyatlariga qarashli dorixona sotuvchilari fuqarolar R.J. va D.S.ga tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalari bo‘lgan dori vositalarini sotgan vaqtida ushlandi. Ushbu dorixonalardan jami 48 ta dori vositasi ashyoviy dalil sifatida olindi.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri