Majburiy ijro byurosi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi tomonidan aliment to‘lovchi ishsiz qarzdorlarni ish bilan ta’minlash chora-tadbirlari ko‘rilmoqda.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Majburiy ijro byurosi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi tomonidan joriy yilning 6 oyiga “Aliment undirish bilan bog‘liq ijro hujjatlari yuzasidan qarzdorlarni ishga joylashtirish haqida” reja-jadval tasdiqlandi.  Shunga asosan Taxiatosh tumani kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi hamda Majburiy ijro byurosi tuman bo‘limi tashabbusi bilan mehnat yarmarkasi o‘tkazilgan.

Mehnat yarmarkasida 21 ta muassasa, tashkilot va tadbirkorlik sub’ekti mavjud  27 ta bo‘sh ish o‘rnini taqdim etdi. Tadbir davomida 14 nafar qarzdorga ishga joylashishga yo‘llanma berilib, shundan 7 nafar aliment to‘lovchi qarzdor ish bilan ta’minlandi.

Jumladan, aliment to‘lovchi qarzdor Q.Q. ancha vaqtlardan buyon doimiy daromad manbaiga ega bo‘lmaganligi sababli aliment to‘lovlarini o‘z vaqtida to‘lashga qiynalib kelgan edi. Yarmarka davomida u “Massaget Nukus” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga ishga joylashtirildi.

Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri