2024 yil – Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limi ko‘rgazmalar saroyida Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yiliga bag‘ishlab iste’dodli fotorassom Ismetulla Jaksilikovning shaxsiy fotoko‘rgazmasi tashkil etildi.

Ko‘rgazmada muallifning portret, peyzaj, arxitektura janridagi 60 dan ortiq asari namoyish etilmoqda.

Ochilish marosimida taniqli fotorassomlar, oliy ta’lim muassasalari o‘qituvchilari, talaba-yoshlar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Yosh fotorassomning Xiva, Chirchiq, Xo‘jayli va Nukus shahrida tasvirga olingan fotoasarlari ayniqsa, tomoshabinlar e’tiborini o‘ziga jalb etmoqda.

Maqsad HABIBULLAEV(surat),O‘zA