Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an iyul oyi boshida Ostonada uchrashadi. Bu haqda Putin Kremlda Turkiya tashqi ishlar vaziri Xoqon Fidanni qabul qilgan payt ma’lum qildi.

RF yetakchisi ta’kidlashicha, Moskva Anqaraning BRIKS faoliyatiga qiziqishini olqishlaydi va “uyushma tarkibidagi mamlakatlar bilan birga bo‘lish istagi”ni har tomonlama qo‘llab-quvvatlaydi.

Rossiya rahbari Ukraina bilan bog‘liq inqiroz hal qilinishiga hissa qo‘shish xohishi uchun Turkiyaga minnatdorlik bildirdi. Shuningdek, Rossiya Turkiyaning Suriyani tartibga solish yo‘lidagi sa’y-harakatini yuksak qadrlashi, Ostona formatida amaliy ishni davom ettirish zarur, deb hisoblashini qo‘shimcha qildi.