Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumanidagi “Lider Gips” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan yangi investitsiya loyihasi ishga tushirilmoqda.

Qurilish materiallari ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan loyihaning umumiy qiymati 25,5 milliard so‘m bo‘lib, shundan  1,8 million AQSH dollari xorijiy kredit asosida shakllantirilgan.

Yiliga 2 mln kv. metr gipsakarton ishlab chiqarish quvvatiga ega loyiha ishga tushirilishi natijasida 18 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.  Undan ko‘zlangan maqsad ichki bozorni har xil turdagi arzon va sifatli qurilish materiallari bilan ta’minlashdir.

Yaqin kunlarda ishga tushirilishi rejalashtirilgan korxonadagi montaj ishlari Xitoy davlatidan kelgan mutaxassislar tomonidan amalga oshirilmoqda.

Dovud Abibullayev,

O‘zA muxbiri