Yelim mahsulot, idish chiqindisini yig‘ish va qayta ishlash tizimini takomillashtirish global isishga qarshi kurashda yordam beradi, deydi Rossiya kimyogarlar ittifoqi matbuot xizmati.

– Yelim utilizatsiyasining samarali usuli – qayta ishlash bugungi kunda mamlakatlar oldida turgan,  ekologiya bilan bog‘liq muammolarni bartaraf qilishga yordam beradi, – deydi Rossiya kimyogarlar ittifoqi vitse-prezidenti Tatyana Petrova. – Plastmassani qayta ishlash birlamchi qayta tiklanmaydigan xom ashyo – neft va gaz iste’molini sezilarli darajada kamaytirish, atmosferaga karbonat angidrid chiqishini kamaytirish va shu orqali global isishga qarshi turishga ko‘maklashadi.

Yaqinda “Environmental Science & Technology” jurnalida britaniyalik va shvetsiyalik bir guruh olimlar tadqiqoti natijasi e’lon qilindi. Hisobotda muqobil unsurlar foydasiga yelimdan shunchaki voz kechish muammoni uzil-kesil hal qila olmasligi ta’kidlangan. Ularning fikricha, havoga tarqalayotgan zararli chiqindini kamaytirishning samarali yo‘li, idishning xizmat muddatini oshirish, plastik mahsulotdan qayta foydalanish hisoblanadi.