Misr parlamenti Senati raisi mamlakatimizga tashrif buyurdi

312

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyevaning taklifiga binoan Misr Arab Respublikasi parlamenti Senati raisi Abdulvahob Abdulroziq boshchiligidagi delegatsiya mamlakatimizga tashrif buyurdi.

Mehmonlarni Oliy Majlis Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev kutib oldi.

Misr delegatsiyasi a’zolari «Yangi O‘zbekiston» bog‘iga bordi va Mustaqillik monumentiga gulchambar qo‘ydi.

Mehmonlarga ushbu me’moriy ansambl mazmuni va o‘ziga xos jihatlari haqida ma’lumot berildi.

Tashrif davomida delegatsiyaning Oliy Majlis palatalari rahbarlari bilan uchrashuvlari hamda ko‘hna Samarqand shahriga tashrifi rejalashtirilgan.

 

N.Abduraimova, O‘zA