Toshkent shahridagi “Paxtakor” sport majmuasida joylashgan qilichbozlik zalida O‘zbekiston qilichbozlik federatsiyasining sobiq bosh hakami, xalqaro toifadagi referi Aida Hasanova xotirasiga bag‘ishlangan 17 yoshgacha bo‘lgan qilichbozlar o‘rtasida ochiq xalqaro chempionat o‘tkazilmoqda.
Mazkur musobaqaning sablya yo‘nalishidagi bahslarda Aygul Shomurodova, Salima Ro‘ziyeva, Bibioysha Husanboyeva va Nargiza Uteboyeva qizlar o‘rtasida shohsupaga ko‘tarildi. O‘g‘il bolalar orasidagi bellashuvlarda Nursulton Kenesboyeva, Saidibrohim Alimov, Shonazar Abulov va Sultanbek Ametbekov kabi qilichbozlar g‘olib va sovrindorlar qatoridan joy oldi.
Bugun, 29 may kuni, xalqaro turnirning rapira yo‘nalishida yakkalik bahslari tashkil etiladi. Musobaqa 1 iyun kuniga qadar davom etadi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA