Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi Davlat xavfsizlik xizmati hamda Ichki ishlar vazirligi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda sertifikat olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi.

Fuqaro S.O. fuqaro A.B.ni “TOEFL iBT” nomli “S1” sertifikatini olish uchun bo‘ladigan imtihondan o‘tkazib berishni va’da qiladi va evaziga 1 ming 800 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlandi.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri