FOTOREPORTAJ
O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi xodimlari Nukus shahridagi 10-ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga tashrif buyurib, muassasada yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.
Mazkur maktabda bugungi kunda 274 nafar o‘quvchi ta’lim-tarbiya olmoqda. Bolalar imkoniyati cheklangan bo‘lishiga qaramay, tengdoshlari singari kitob o‘qishga, musiqa, san’at, sportga ishtiyoqi baland. Ular respublika miqyosidagi nufuzli ko‘rik-tanlov va festivallar, sport musobaqalari hamda fan olimpiadalarida muvaffaqiyatli qatnashib, sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritmoqda.
Partiya xodimlari o‘quvchi-yoshlar va maktab jamoasini erishilgan yutuqlar bilan tabriklab, kelgusi faoliyatida omad yor bo‘lishini tiladi.
Tadbir yakunida “Mehr karvoni” aksiyasi doirasida 1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan o‘quvchilarga sovg‘alar topshirildi.
Tashrif davomida maktab ma’muriyati bilan hamkorlikda mazkur dargohda turli ma’naviy-ma’rifiy hamda sport tadbirlarini o‘tkazish borasida kelgusi rejalar kelishib olindi.
Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA