Tojikistonda yengil atletika bo‘yicha Olimpiya o‘yinlari chempionlari Andrey Abduvaliyev va Dilshod Nazarov sovrini uchun xalqaro turnir o‘tkazildi.

Mazkur turnirning bosqon va yadro uloqtirish turlarida terma jamoamiz a’zolari muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Unda terma jamoamiz a’zolari 3 oltin, bittadan kumush va bronza medallarini qo‘lga kiritdi.

Jumladan, bosqon uloqtirishda Zarina Nosirjonova 69.79 metr natija bilan oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Elina Silyamiyeva hamda Shahribonu Zaripova ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni band etdi. Erkaklar o‘rtasidagi bahslarda esa Suxrob Xo‘jayev 71.90 metr natija qayd etib, shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi. Shuningdek, yadro uloqtirishda Malika Nasriddinova shaxsiy rekordini 17.10 metr natijaga yangiladi va musobaqa g‘olibiga aylandi.

 

Javohir Toshxo‘jayev,  

O‘zA