FOTOREPORTAJ

Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida qishloq xo‘jaligi sohasi uchun mutaxassislar tayyorlanadi.

Institutda “Agronomiya”, “O‘simliklarni himoya qilish”, “Qishloq xo‘jaligi ekinlari seleksiyasi va urug‘chiligi”, “Mevachilik va uzumchilik”, “Sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilik”, “Dorivor o‘simliklar yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi”, “O‘rmonchilik”, “Yer kadastri va yerdan foydalanish”, “Veterinariya meditsinasi”, “Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi” kabi mutaxassisliklar bo‘yicha bakalavriat va magistratura ta’lim yo‘nalishlarida ayni paytda 3 ming 500 nafardan ziyod talaba tahsil olmoqda.

Oliy ta’lim muassasasida talabalar uchun barcha sharoitlar yaratilgan. O‘quv va amaliyot xonalari zarur jihozlar bilan to‘liq ta’minlangan. Axborot-resurs markazi, sport zal va internet tarmog‘iga ulangan kompyuter xonalari yoshlar ixtiyorida.

Nukus tumani “Aqmang‘it” ovul fuqarolar yig‘ini hududida institutning dala tajriba maydonchasi faoliyat ko‘rsatmoqda. Bu yerda institut jamoasi talabalar bilan birgalikda donli va sabzavot ekinlarining yangi navlarini yaratish bo‘yicha ilmiy-tajriba ishlarini amalga oshiradi.

 

Maqsad HABIBULLAEV(surat),O‘zA