“Tatmedia” axborot agentligi rahbari Aydar Salimgarayev Qozon forumi Rossiya va Islom dunyosi davlatlari o‘rtasidagi hamkorlikning eng muhim platformasi, Tatariston esa sivilizatsiyalar, turli davlatlar muloqoti uchun eshik ekanini ta’kidladi.
Bu haqda ekspert Qozon shahrida Islom hamkorlik tashkiloti axborot agentliklari ittifoqi (UNA OIC) tashabbusi bilan tashkil etilgan “Zamonaviy dunyo va IHT mamlakatlarida axborot sohasini o‘zgartirishning asosiy tendensiyasi” media forumida gapirdi.
Salimgarev Qozon yirik xalqaro tadbirlar o‘tkaziladigan joyga aylangani, shu yildan boshlab BRIKS sammiti, shuningdek, BRIKS o‘yinlari ham ushbu shaharda bo‘lib o‘tishini urg‘uladi.
U anjumanning Rossiya va IHT mamlakatlari media hamkorligida qo‘shma tashabbuslar, amaliy harakatlar rejasini ishlab chiqishdagi alohida o‘rnini e’tirof etdi.
Muharrama Pirmatova,
O‘zA