Parij-2024” Olimpiya o‘yinlari yaqinlashgani sayin uning tegrasidagi gap-so‘zlar, saralash va reyting turnirlaridagi shiddatli kurashlar tobora avj pardaga ko‘tarilmoqda.
O‘zbekiston boks federatsiyasi xabariga ko‘ra, yurtimiz bokschilaridan yana biri yozgi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etish huquqiga ega chiqdi.
Xitoy shahrida o‘tkazilgan «Xanchjou-2022» Osiyo o‘yinlarida -57 kilogramm vazn toifasida vatanimiz sharafini munosib tarzda himoya qilgan holda kuchli beshlikdan o‘rin olgan bokschi qizimiz Sitora Turdibekova ham “Parij-2024” Olimpiadasida ishtirok etadigan bo‘ldi.
Ushbu vaznda Osiyo o‘yinlarining bronza medalini qo‘lga kiritgan hindistonlik Parveen Hoo boks bo‘yicha barcha xalqaro turnirlardan, rasmiy musobaqalardan chetlashtirildi. Shu sabab Olimpiya o‘yinlari chiptasi Turdibekovaga nasib etdi.
Eslatib o‘tamiz, Turdibekova Osiyo o‘yinlari yarim finalida aynan hindistonlik Parveen Hooga imkoniyatni boy bergandi.
Fransiya poytaxtida o‘tadigan to‘rt yillik o‘yinlarga mamlakatimiz sportchilarining bugungacha qo‘lga kiritgan yo‘llanmalari soni 42 tani tashkil etmoqda.
T.Ro‘ziyev, O‘zA