Tazyiq va zo‘ravonlikka uchraganlar himoyasi kuchaytirildi (+video)
252

Tazyiq va zo‘ravonlik yoki ularni sodir etish xavfi aniqlangan holatlarda 24 soat ichida amalga oshirish lozim bo‘lgan chora-tadbirlar kuchga kirmoqda.
Demak, 1-iyundan boshlab:
• tazyiq va zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlari markaziy tuman (shahar) shifoxonalarining shoshilinch qabul bo‘limlariga joylashtiriladi;
• xotin-qizlar hamda ularning voyaga yetmagan farzandlari uch sutkadan ko‘p bo‘lmagan muddatga jismoniy va ruhiy holatini yaxshilashga uchun joylashtiriladi;
• shoshilinch birinchi yordam, ruhiy hamda psixoterapevtik yordam ko‘rsatiladi. Shuningdek, yuqumli kasalliklar mavjudligi to‘g‘risida tahlillar o‘tkaziladi.
M.Eshmirzayeva, A.Sodiqov, I.Ismatov (video), O‘zA