Toshkentda ATTO transport kartalarining barcha sotuv bo‘limlari yopiladi. 15 maydan boshlab kartalarni UzPost bo‘limlarida xarid qilish mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, pochta bo‘limlarida karta hisobini to‘ldirish va bir kundan 365 kungacha bo‘lgan muddatli tarifni olish mumkin.
ATTO transprot kartasini poytaxtimizdan boshqa viloyatlar pochta bo‘limlaridan ham xarid qilish mumkin. Bu xizmat O‘zbekistonning barcha viloyatlarida yo‘lga qo‘yilgan. Karta hisobini ATTO mobil ilovasi orqali to‘ldirish, shuningdek virtual karta ochtirish ham mumkin.
Roman BONDARCHUK tayyorladi, O‘zA