Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi A.Orinbayev va Vazirlar Kengashining Raisi F.Ermanov Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari Qadirbay ota Narmanov, Mariya Ivanovna Kornishina va Ivan Fedotovich Galenko xonadonida bo‘lib, bayram sovg‘alarini topshirdi.
Davlatimiz rahbarining “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi farmoni asosida urush faxriylarining har biriga 20 million so‘m miqdorida bir martalik pul mukofoti topshirildi.
Shuningdek, ularga davlatimiz tomonidan ajratilgan qimmatbaho sovg‘alar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Prezidiumining qarori bilan “Ardoqli nuroniy” ko‘krak nishoni, Vazirlar Kengashi, Shimoli-g‘arbiy harbiy okrugi, hokimliklar va qator tashkilotlar nomidan sovg‘alar berildi.
Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri