F-16 qiruvchi samolyotlari bir necha haftadan keyin Ukrainada paydo bo‘ladi, deb yozdi Britaniyaning “Standard” gazetasi o‘zini oshkor qilmagan harbiy manbaga tayanib.

Avvalroq kiyevlik deputat Aleksey Goncharenko shunday rusumli uchoqlar Ukrainada iyul oyida paydo bo‘ladi, deya bayonot bergandi. Armiya havo kuchlari vakili Ilya Yevlash esa F-16 ilk parvozi Pasxa bayramidan keyin boshlanishini aytgan.

Nashr ta’kidlashicha, birinchi qiruvchi samolyot iyun yoki iyul oyida yetkaziladi. Manba Kiyevga qiruvchi samolyotni aynan qaysi mamlakat berishini aniqlamagan.

Kremldagilar G‘arb mamlakatlari Ukrainani qurol bilan ta’minlashi muzokaraga halaqit berishi va salbiy natijaga sabab bo‘lishini ta’kidlab keladi.