Rossiya Prezidenti Vladimir Putin mudofaa vaziri lavozimiga Sergey Shoygu o‘rniga Andrey Belousov nomzodini ilgari surdi.

Bu haqda Federatsiya kengashi xabarida aytilgan. Avvalgi hukumatda Belousov Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari edi.

Shuningdek, Nikolay Patrushev ham boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Xavfsizlik Kengashi kotibi lavozimidan ozod etildi va uning o‘rniga Shoygu tayinlandi.