Poytaxtimizdagi Jar” sport majmuasida ashixara-karate bo‘yicha o‘tkazilgan Osiyo ochiq chempionatining shiddatli bellashuvlari yakunida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari umum jamoa hisobida 1-o‘rinni egalladi.

Osiyo va Yevropaning 12 ta davlatidan 500 nafarga yaqin sportchilar ishtirok etgan chempionatda mamlakatimiz sharafini Toshkent, Andijon, Farg‘ona, Namangan, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand, Sirdaryo va Surxondaryo viloyatlari vakillari va poytaxtlik karatechilar himoya qildi.

Yurtimiz terma jamoasidan keyingi o‘rinlarni Rossiya, Qozog‘iston va AQSH terma jamoalari egalladi.

 

T. Ro‘ziyev, O‘zA