Janubiy Koreyada professional boks bo‘yicha o‘tkazilgan kechada hamyurtimiz Olimjon Nazarov g‘oliblikni tantana qildi.

O‘ta yengil vazn toifasida WBO Oriental kamari sohibi Olimjon Nazarov tailandlik Saravut Jiamtong bilan WBO International kamari uchun jang o‘tkazdi.

Faoliyati mobaynida 36 ta jang o‘tkazib, 31 tasida g‘alaba, 5 tasida durangga erishgan Nazarov 12 raundga mo‘ljallangan bahsning 3 raundida raqibini nokautga uchratdi.

Aytish lozim, professional boksda 16 ta jangda qatnashib, biron marta mag‘lubiyatga uchramagan tailandlik Saravut Jiamtong Nazarovga yutqazib qo‘yishi ortidan katta ringdagi ilk mag‘lubiyatini qabul qilib oldi. Olimjon Nazarov ushbu muvaffaqiyati tufayli professional boksdagi chempionlik kamarlari sonini 2 taga yetkazdi.

Janubiy Koreyada o‘tgan ushbu professional boks oqshomida yana bir bokschimiz Abdurasul Ismoilov ringga ko‘tarilib, yengil vazn toifasida filippinlik Al Toyogon bilan kuch sinashdi.

Sakkiz raundlik jang to‘liq davom etdi. Hakamlarning qarori bilan ushbu jangda durang natija qayd etildi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA