Ozarbayjonning Gyoygyol shahrida dzyudo bo‘yicha poyoniga yetgan “Yevropa kubogi-2024” musobaqasida uch marta O‘zbekiston bayrog‘i ko‘tarilib, bir marta madhiyamiz baralla yangradi.
14 mamlakatning 323 nafar dzyudochisi ishtirokidagi turnirda iste’dodli murabbiy Tohir Fayziyev yetakchiligida 4 nafar o‘smir sportchimiz tatamiga chiqdi. Ularning 3 nafari sovrindorlar qatoridan joy egalladi.
Musobaqaning so‘nggi kunida og‘ir vazn toifasidagi bellashuvlarda ishtirok etgan Muhammadali Sa’dullayev -81 kilogramm og‘irlikda bronza medaliga ega chiqdi.
Eslatib o‘tamiz, Yevropa kubogining ilk kunida terma jamoamiz a’zolaridan Bahrom Asatov oltin, Shodiyor Shavkatov bronza medali sohibi bo‘lgan edi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA