Qozog‘istonda turli yosh toifalarida o‘tayotgan boks bo‘yicha Osiyo chempionatining yoshlar o‘rtasidagi chorak final bosqichi bahslari yakunlandi.

Unda yarim finalga mezbon davlat Qozog‘iston terma jamoasining 12 nafar bokschisi yetib keldi. Ikkinchi o‘rinda esa terma jamoamiz joylashgan bo‘lib, vakillarimizdan 10 nafari mazkur bosqichga yo‘l olgan. Shuningdek, Hindiston termasining ham 10 nafar bokschisi yarim finalga chiqdi.

Qizlar o‘rtasida esa O‘zbekiston, Qozog‘iston va Hindiston terma jamoalari 12 nafar bokschi bilan yetib keldi.

Bugun, Osiyo chempionatining yoshlar o‘rtasida yarim final bahslari tashkil etiladi va unda terma jamoamizning 22 nafar charm qo‘lqop ustasi ringga ko‘tariladi.

 

J.Toshxo‘jayev,

O‘zA