Nizolarni adolatli hal etish maqsadida Toshkent xalqaro arbitraj markazi muvaffaqiyatli faoliyat olib bormoqda. Uning tarkibida Amerika Qo‘shma Shtatlari, Buyuk Britaniya, Italiya, Shvetsiya, Xitoy, Birlashgan Arab Amirliklari kabi mamlakatlardan 90 dan ortiq nufuzli hakamlar o‘rin olgan.
Investorlar uchun yana bir muhim ko‘rsatkich. Oxirgi yetti yilda oliy ta’lim qamrovi 9 foizdan 42 foizga oshdi, oliy o‘quv yurtlari soni 200 tadan ortdi.
O‘zbekistonda 90 dan ortiq davlatlarga vizasiz rejim joriy etildi.
Bu haqda poytaxtimizdagi Xalqaro kongress markazida Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida o‘tkazilayotgan uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumida ma’lum qilindi.
O‘zA