Qozog‘istonning Ostona shahrida 22 yoshgacha bo‘lgan charm qo‘lqop ustalari va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati davom etmoqda.

Musobaqada terma jamoamiz a’zolari o‘z yosh toifasidagi bahslarda muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda. Jumladan, vazni -54 kg. bo‘lgan Sobirjon Tastanov iroqlik Abbas Qasim Al-Sarrayni 5:0 hisobida taslim etdi. 86 kilogrammgacha vaznda bo‘lgan Akmaljon Isroilov esa hindistonlik Sangvan Hemantni mag‘lubiyatga uchratdi. 54 kilogrammgacha vazn toifasida Uzukjamol Yunusova qirg‘izistonlik Alina Sizonenkoni 2-raundda texnik nokautga uchratdi. Shuningdek, Feruza Sharipova hamda Odinaxon Ismoilova o‘z vaznida g‘alabaga erishdi.

Bugun, 30-aprel kuni 7 nafar bokschimiz ringga ko‘tariladi. Unda 22 yoshgacha bo‘lgan bokschilar ringga ko‘tariladi.

Bokschilarimizning raqiblari bilan tanishing:

-48 kg: Shodiyorjon Meliqo‘ziyev — Jay Bryan Baricuatro (Filippin);

-60 kg: Sayat Ilyasov — Rodsuk Phuthanet (Tailand);

-67 kg: Shavkatjon Boltayev — Jeyhun Tagaymuradov (Turkmaniston);

-75 kg: Javohir Ummataliyev — Ghansom Vitthaya (Tailand);

-54 kg: Nigina O‘ktamova — Preeti (Hindiston);

-60 kg: Mushtariybonu Ibrohimjonova — Yao Ching-Yu (Xitoy Taypeyi)

 

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA