“TikTok” ijtimoiy tarmog‘i Yevroittifoq hududida ham taqiqlanishi mumkin, deb bayonot berdi Yevropa komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayen.
“Bu ehtimoldan holi emas”, – deya uning gaplaridan iqtibos keltirgan “Politico” gazetasi. Fon der Lyayenning eslatishicha, Yevrokomissiya xodimlariga ish telefonlarini “TikTok” ilovasiga ulashni taqiqlagan dunyodagi birinchi tashkilot hisoblanadi.
O‘tgan hafta “TikTok” Yevrokomissiyaning navbatdagi ogohlantirishidan keyin foydalanuvchilarini mukofotlash dasturi faoliyatini to‘xtatgandi. O‘z navbatida, AQSH vakillar palatasi a’zolari “TikTok” egasi “Byte Dance” kompaniyasini Amerika bo‘limini sotishga majburlaydigan qonun loyihasini qabul qilgan.
Agar “tiktok”chilar ushbu qonunga bo‘ysunmasa, faoliyati to‘xtatilishi ta’kidlangan.