Jizzax shahrida taekvondo WT bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan O‘zbekiston kubogining ilk g‘olib va sovrindorlari aniqlandi.
Jumladan, musobaqaning o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi bellashuvlarida Zaurjon Ahmedov, Mirdiyor Mirayimov, Jahongir Serikbayev, Abdulaziz Allaberganov, Xudoynazar Shodmonqulov o‘z vazn toifalarida oltin medalga sazovor bo‘ldi.
Qizlar o‘rtasida esa Gulshanoy Ismoilova, Rushanaxon Ravshanova, Dilshoda Mirhaydarova, Aminaxon Kamolova, Sabrina Pardayeva kabi taekvondochilar shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi.
Ma’lumot uchun, mazkur musobaqa g‘olib va sovrindorlari o‘z yosh toifalarida terma jamoamiz tarkibidan joy oladi va ular oldinda turgan nufuzli musobaqalarga puxta tayyorgarlik ko‘radi. Mashg‘ulotlar jarayonidan iqtidorli taekvondochilar saralanib, nufuzli turnirlarda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA