Forumdan so‘ng O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi kengashi tomonidan “Deputat va yoshlar” mavzusida uchrashuv o‘tkazildi.
Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesidagi O‘zXDP fraksiyasi a’zolari, partiyaning “Yoshlar qanoti” faollari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi partiya kengashi mas’ul xodimlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Tadbirni O‘zbekiston XDP Qoraqalpog‘iston Respublika Kengashi raisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesidagi O‘zXDP fraksiyasi rahbari Xalilla Yeshimbetov kirish so‘zi bilan ochdi va partiya kengashlari, deputatlar tomonidan olib borilayotgan ishlar hamda partiyaning yoshlar bilan ishlash borasidagi faoliyatiga e’tiborni qaratdi.
Mamlakatimizda yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularga zarur sharoitlar va imkoniyatlar yaratish bo‘yicha ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda. Mustahkam huquqiy baza va yangi tizim yaratildi. “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida zarur vazifalar belgilandi.
Partiya kengashlari va deputatlar tomonidan amalga oshirilgan loyihalar, uchrashuvlar va partiya elektorati bo‘lgan ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlami vakillarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi “Deputat mahallada”, “Partiya elektorati doimiy e’tiborimizda”, “Yoshlarga ko‘mak”, “Mehr ulashaylik”, “Uyma-uy”, “Qonunchilik yoshlar nigohida” “Safimizdagi yoshlar”mavzusida amaliy tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Shuningdek, bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, shu jumladan, yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, ularning o‘z tashabbuslarini ruyobga chiqarishlari uchun yaratilayotgan sharoitlar haqida so‘z yuritildi.
Uchrashuv davomida partiya safiga yangi qabul qilingan yoshlarga guvohnomalar topshirildi. Shuningdek, respublika yoshlarining onlayn forumida faol ishtirok etgan barcha yoshlarga maxsus sovg‘alar tantanali ravishda topshirildi.
Mamlakatimizda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida bahorgi daraxt ko‘chatlarini ekish ishlari samarali olib borilmoqda va ushbu tadbirlarda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputatlar, partiya faollari va partiyaning “Yoshlar qanoti” a’zolari faol ishtirok yetib kelmoqda.
“Yashil makon” loyihasi doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesidagi O‘zXDP fraksiyasi a’zolari, partiyaning Qoraqalpog‘iston Respublika kengashi mas’ul xodimlari va partiyaning bir guruh faol yoshlari ishtirokida yaxshi niyat bilan daraxt ko‘chatlari ekildi.
Dovud Abibullayev, Maqsad Habibullayev (surat),
O‘zA muxbirlari