Xabaringiz bor, Toshkent va Samarqand shaharlarida xokkey bo‘yicha 18 yoshgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasida Osiyo va Okeaniya kubogi o‘tkazilmoqda.

Mazkur musobaqaning 2-turida O‘zbekiston terma jamoasi «Humo Arena»da Malayziya terma jamoasiga qarshi o‘yin o‘tkazdi va 29:0 hisobida g‘alaba qozondi. Tailand termasi Eron ustidan 23:0 hisobida zafar quchdi.

Ma’lumot uchun, mazkur musobaqada ishtirokchilar ikki guruhga bo‘lingan holda o‘zaro raqobatlashmoqda. Poytaxtimizdagi «Humo Arena»da bo‘lib o‘tayotgan «A» guruhi doirasidagi uchrashuvlarda O‘zbekiston, Tailand, Eron, Malayziya va Quvayt o‘smirlar terma jamoalari kuch sinashmoqda. Samarqandda esa «V» guruhida Mo‘g‘uliston, BAA, Hindiston, Makao va Indoneziya o‘smirlar terma jamoalari o‘zaro o‘yin o‘tkazayotir.

Jamoalar guruhlarida o‘z o‘rinlarini taqsimlaganidan so‘ng, Toshkentda 9, 7, 5, 3 va 1-o‘rinlar uchun pley-off o‘yinlari tashkil etiladi.

 

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA