Qatarda futbol bo‘yicha U23 yosh toifasida o‘tkazilayotgan Osiyo kubogida bugun, 25-aprel kuni dastlabki chorak final bahslari bo‘lib o‘tadi.

Unda Qatar – Yaponiya, Janubiy Koreya – Indoneziya terma jamoalari yarim final uchun o‘zaro raqobatlashadi. Dastlabki uchrashuv Toshkent vaqti bilan 19:00da Qatar va Yaponiya olimpiyachilari o‘rtasida boshlanadi. Janubiy Koreya hamda Indoneziya bahsi soat 22:30 da maydonga chiqadi.

Eslatib o‘tamiz, ertaga 26-aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 19:00da Temur Kapadze qo‘l ostidagi terma jamoamiz 1/2 final bosqichiga chiqish uchun Saudiya Arabistoni bilan kuchi sinashadi.

 

Javohir Toshxo‘jayev,  

O‘zA