Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi tomonidan Ichki ishlar vazirligi xodimlari bilan hamkorlikda Nukus shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan firibgar ushlandi.
Jumladan, fuqaro D.J. fuqaro D.B.ning ishonchiga kirib, uni Qoraqalpoq davlat universitetining texnika fakultetiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qiladi. Shuning evaziga 3 ming 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakati o‘tkazilmoqda.
Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri