Gonkongda o‘tayotgan dzyudo bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining ilk kunida hamyurtimiz Diyora Keldiyorova va Dilshod Baratov bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Chempionatning -52 kg vazn toifasida bellashgan dzyudochimiz Diyora Keldiyorova bronza medali uchun o‘tgan bahsda Janubiy Koreya vakili Yerin Jangga qarshi bahs olib bordi va ippon bahosi bilan mag‘lubiyatga uchratdi.

Shuningdek,  -60 kg vazn toifasida terma jamoamizning ikki vakili Doston Ro‘ziyev va Dilshod Baratov o‘zaro tatamida to‘qnash keldi. Unda D.Ro‘ziyev qo‘shimcha daqiqalarda ippon usuli bilan D.Baratovni yengib, Osiyo chempionatining bronza medaliga ega chiqdi.

 

Javohir Toshxo‘jayev,  

O‘zA